O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 14-18 IYUN KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 14-18 IYUN KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

14.06.2024

 

Bugun va ertaga O‘zbekiton hududi bo‘yicha havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublika hududining katta qismida 
32-35o atrofida bo‘lgan juda qulay havo harorati kuzatiladi. Faqat respublikaning shimolida, janubida va cho‘l hududlarida kunduz kunlari havo 37-39o gacha isiydi.

16-18 iyun - Qurbon xayiti bayrami kunlarida respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, havo harorati hududning katta qismida 36-39o gacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 40-41o gacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida 17-18 iyun kunlari kechga tomon 
ba’zi joylarda mahalliy xususiyatga ega bo‘lgan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 9-14 m/s tezlikda esadi, 18 iyunda 
ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chag-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

 

Poytaxtimizda: 14-15 iyunda havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 32-35o bo‘ladi. 

16-18 iyun kunlari havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 35-38o bo‘ladi. Shamol sharqdan 
5-10 m/s tezlikda esadi.