11 IYUN KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
11.06.2024
11 IYUN KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, yo’ingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent viloyatida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 34-39°, janubda va cho’l hududlarda ba’zi joylarda 40-41° gacha bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi,vaqti-vaqti bilan o’zgaruvchan bo’ladi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 36-38° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-28° bo‘ladi.