12-14 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI
10.06.2024
12-14 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 32-37°; 13-14 iyunda kechasi 18-23°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 iyunda kechasi 22-27°, kunduzi 35-40°; 13 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 32-37°; 14 iyunda kechasi 18-23°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 34-39°; 13-14 iyunda kechasi 18-23°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 iyunda kechasi 22-27°, kunduzi 36-41°; 13 iyunda kechasi 22-27°, kunduzi 35-40°; 14 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-13 iyunda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 12-13 iyunda 33-38°, 14 iyunda 31-36° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda, 12-13 iyunda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 12 iyunda 23-28°, 13-14 iyunda 19-24° bo‘ladi.