2024 YIL - YОZ FASLINING BOSHI

2024 YIL - YОZ FASLINING BOSHI

28.05.2024

2024 YIL - YОFASLINING BOSHI

 

Yoz faslining birinchi oyi – iyun boshlanadi. O‘zbekistonda iyun oyi odatda qanday bo‘ladi, ushbu yilning iyun oyi qanday bo‘lishi kutilmoqda?

O‘zbekiston hududining katta qismida iyun oyining o‘rtacha kunduzgi harorati 31-36o atrofida, janubda va cho‘l hududlarda esa undan 3-4o ga yuqori bo‘ladi.

Iyun oyida maksimal havo haroratining rekord ko‘rsatkichlari hududning katta qismida 41-44o ni, janubda va cho‘l hududlarda 45-47o ni tashkil etdi. Toshkentda iyun oyining mutlaq maksimal harorati 43,0o bo‘ldi.

Rekord qiymatlarga yaqin havo harorati, albatta, juda kam hollarda kuzatiladi. Harorat 37-41o, janubda va cho‘l hududlarda 42-43o gacha bo‘lgan ayrim juda issiq kunlar deyarli har yili iyun oylarida kuzatiladi (1-rasm).

 

1-rasm. 2001-2023 yillar uchun Toshkentda iyun oyida o‘rtacha oylik maksimal havo harorati va yog‘ingarchilik miqdori.

 

Havo harorati juda yuqori bo‘lgan ayrim kunlar emas, balki issiqlik davrlarining davomiyligi atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 

Shunday qilib, 2023 yil iyun oyida havo harorati 36-41o atrofida, cho‘l hududlarda va eng chekka janubda 43o gacha bo‘lgan issiq ob-havo deyarli ikki hafta (5 iyundan20 iyungacha) davomida saqlanib turdi.

Iyun oyida harorat 25-28ogacha pasayishi, ba’zida bundan ham pastroq davrlar kuzatiladi, odatda esa ularning davomiyligi qisqa bo‘ladi.

O‘zbekistonda meteorologik kuzatuvlar tarixida 2021 va 2023 yillarning iyun oylari eng iliq bo‘ldi.

Eng sovuq iyun oylari 20 asrning o‘rtalarida, bu asrda hududning katta qismida 2003 va 2009 yillarning iyun oylarida kuzatilgan.

2-rasm. 2001-2023 yillar uchun eng iliq va eng sovuq iyun oylarida 

o‘rtacha oylik haroratning me’yordan chetlanishi

 

May oyi bilan taqqoslaganda, iyun oyida yog‘ingarchilik miqdori nisbatan kamayadi (2-4 marta), ayniqsa janubda va cho‘l hududlarda (5-12 marta), bu esa o‘z navbatida changli-qumli bo‘ronlarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi.

Shu bilan birga, iyun oyida hududlar bo‘yicha, hamda vaqt bo‘yicha ham yog‘ingarchilik notekisligi ko‘payadi.

Ekstremal quruq oylar bilan bir qatorda, ba’zi yillarda kuchli jala yomg‘irli kunlar kuzatiladi, bunda yog‘ingarchilik miqdori ba’zi joylarda oylik me’yorga yetadi, ba’zida esa bu qiymatdan oshadi. Meteorologik kuzatuvlar tarixida yog‘ingarchilik miqdori 3-6 oylik me’yor atrofida, qurg‘oqchil hududlarda esa 
8-20 oylik me’yorgacha bo‘lgan kuchli jala yog‘ishi faktlari kuzatilgan.

Shunday qilib, 2019 yil iyun oyida Toshkentda atigi 2 marta yomg‘ir yog‘ishi holati kuzatildi, ammo bu kunlarda yog‘ingarchilik miqdori iyun oyidagi oylik me’yordan oshib ketdi. Toshkentda iyun oyida yog‘ingarchilikning iqlimiy me’yori 17 mm ni tashkil etadi.

 

Kuzatuv punti

Bir kecha-kunduzda yog‘ingarchilik miqdori, mm

3-iyun

6-iyun

Toshkent-Observatoriya

21 mm

33 mm

TAMS

Xalqaro Aeroport

42 mm

8 mm

TBKKST (teleminorada balandlik kuzatuvlari kompleks stansiyasi)

50 mm

39 mm

Bo‘zsuv (Chinobod sanatoriyasi)

51 mm

38 mm

 

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda iyun oyigi jala yomg‘irlar ko‘pincha sel-suv toshqin hodisalarining rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

Bu yil yoz iliq ob-havo bilan boshlanadi. Harorat kunduz kunlari 28-33o atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 35-38o gacha bo‘ladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqindir.

Iyun oyining birinchi besh kunligida O‘zbekiston bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 4-5 iyun kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechalari 14-19o, kunduz kunlari 28-33o, ba’zi joylarda 35o gacha, janubda va cho‘l hududlarda 37o gacha bo‘ladi.

6-10 iyunda ayrim kunlarda (1-2 kun) ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechalari 14-19o, kunduz kunlari 28-33o, shimolda va cho‘l hududlarda 35-37o gacha bo‘ladi.

Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda harorat asosan kechalari 15-20o, kunduz kunlari 33-38o, janubda va cho‘l hududlarda 40o gacha bo‘ladi. Oyning ikkinchi o‘n kunligida qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi ehtimoli ko‘p.