O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 27-31 MAY KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 27-31 MAY KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

27.05.2024

O‘tgan hafta yog‘ib o‘tgan yomg‘irlar va havoning salqinlashishidan so‘ng, ushbu hafta davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Faqat respublikaning ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Havo harorati 23-28o dan 28-33o gacha asta-sekin ko‘tariladi. Ish haftasining oxiriga kelib shimolda, janubda va cho‘l hududlarda harorat 35-37o gacha ko‘tariladi.

27-29 may kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 
15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtimizda: havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 12-15o bo‘ladi, kunduz kunlari 25-28o dan 29-32o gacha asta-sekin ko‘tariladi.