24 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

24 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

24.05.2024

MUHIM HODISALAR

24 26 may kunlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

24 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida ertalab ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin. Farg’ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. Qoraqolpog’iston Respublikasi , Xorazm viloyatida yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 24-29°, janubda ba’zi joylarda 34° gacha bo’ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 24-26° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi,

vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin.Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-19° bo‘ladi.