24-26 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

24-26 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

22.05.2024

 

24-26 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

 

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-25 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 24 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 23-28°, 25 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 19-24°, 26 mayda kechasi 7-12°, kunduzi 19-24° bo‘ladi.

 

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-25 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 24 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 25-30°, 25 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 24-29°, 26 mayda kechasi 8-13°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.

 

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24-25 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, 24 mayda ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-25 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 24-25 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 24-29°, 26 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

 

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 24 mayda Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-25 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 24 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 29-34°, 25 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 29-34°, 26 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.

 

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 24 mayda 23-28°, 25-26 mayda 22-27° bo‘ladi.

 

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 24-25 mayda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-25 mayda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24-25 mayda kechasi 9-14°, kunduzi 14-19°, 26 mayda kechasi 5-10°, kunduzi 10-15° bo‘ladi.