O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 20-24 MAY KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 20-24 MAY KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

20.05.2024

Dam olish kunlari kuzatilgan yomg‘irli va salqin ob-havodan so‘ng 
20-22 may kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq ob-havo bo‘ladi. 
Faqat Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida bugun kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

23-24 mayda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

Ushbu kunlarda harorat ko‘tariladi va haftaning o‘rtasiga kelib 24-29o, janubda 30-32o ga yetadi.

22-23 may kunlari cho‘l hududlarda, 24 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 20-24 may kunlar vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi saqlanib turadi.

 

Poytaxtimizda: bugun kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 22-24o bo‘ladi.

21-22 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 23 mayda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat asosan kechalari 14-17o
kunduz kunlari 25-27o bo‘ladi.