20 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

20 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

20.05.2024

MUHIM HODISALAR 20-22 may kunlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 20 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, faqat kunning birinchi yarmida Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-27° bo’ladi. Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi,kunning birinchi yarmida yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin, Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-24° bo‘ladi. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° bo‘ladi.