21-23 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

21-23 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

19.05.2024

21-23 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21 mayda 8-13°, 22-23 mayda 10-15°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 21 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 22-27°, 22 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 24-29°, 23 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 21-22 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 23 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 21-22 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 22-27°, 23 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 24-29° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 21mayda kechasi 11-16°, kunduzi 25-30°, 22-23 mayda kechasi 15-20°,
kunduzi 27-32° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 22-23 mayda yog‘ingarchilik kutimaydi. 23 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 21 mayda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-22 mayda 4-9°, 23 mayda 6-11°, kunduzi 21 mayda 9-14°, 22-23 mayda 15-20° gacha ko’tariladi.