20 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI 19 may soat 20 dan 20 may soat 20 gacha

20 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI 19 may soat 20 dan 20 may soat 20 gacha

19.05.2024

MUHIM HODISALAR
19-22 mayda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
20 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI 19 may soat 20 dan 20 may soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14°, kunduzi 22-24° bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9°, kunduzi 10-15° bo‘ladi.