19 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

19 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

19.05.2024

MUHIM HODISALAR
19-22 may kunlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
19 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Buxoro, Navoiy viloyatlarida ertalab yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Xorazm viloyati va Farg’ona vodiysi viloyatlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, respublikaning ba’zi joylarda
15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 17-22° bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi,vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 17-19° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ishi mumkin.
Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-13° bo‘ladi.