20-22 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
18.05.2024
20-22 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 20 mayda kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 21-22 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20 va 22 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-21 mayda 8-13°, 22 mayda 10-15°, kunduzi 20 mayda 20-25°, 21-22 mayda 22-27° bo‘ladi.
XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-21 mayda 8-13°, 22 mayda 10-15°, kunduzi 20 mayda 20-25°, 21-22 mayda 22-27° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 20 mayda kechasi 8-13°, kunduzi 20-25°, 21 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 22-27°, 22 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 24-29° bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 20-21 mayda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 22 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-21 mayda 20-25°, 22 mayda 22-27° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20 mayda kechasi 11-16°, kunduzi 23-28°, 21mayda kechasi 11-16°, kunduzi 25-30°, 22 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutimaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 20-21 mayda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9°, kunduzi 20-21 mayda 9-14°, 22 mayda 11-16° bo‘ladi.