18 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

18 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

18.05.2024

MUHIM HODISALAR
18-22 may kunlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
18 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, respublikaning ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 22-27° bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi,vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-24° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi jolarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18° bo‘ladi.