17 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

17 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

17.05.2024

MUHIM HODISALAR

17-22 may kunlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

17 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, Qoraqolpog’iston Respublikasi , Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, kunning ikkinchi yarmida Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida va kechga tomon respublikaning qolgan hududlarida ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda kuchli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Farg’ona vodiysi viloyatlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, respublikaning ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25-30° bo’ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-30° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi,

vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi jolarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° bo‘ladi.