18-20 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

18-20 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

16.05.2024

 

18-20 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

 

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 18 mayda va kechga tomon 20 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, 18 mayda ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 19 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-19 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 18 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 18-23°, 19-20 mayda kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

 

XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 18-19 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 20 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-19 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 18 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 18-23°, 19-20 mayda kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

 

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 18-19 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 20 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 18 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 22-27°, 19 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 18-23°, 20 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 21-26° bo‘ladi. 

 

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18 mayda 15-20°, 19 mayda 12-17°, 20 mayda 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi. 

 

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 18-19 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, 18 mayda ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 
20 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-19 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 18 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 24-29°, 19 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 22-27°, 20 mayda kechasi 11-16°, kunduzi 25-30° bo‘ladi. 

 

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 18 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 19-20 mayda yog‘ingarchilik kutimaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-19 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-19 mayda 13-18°, 20 mayda 11-16°, kunduzi 23-28° bo‘ladi. 

 

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18 mayda 8-13°, 19-20 mayda 5-10°, kunduzi 11-16° bo‘ladi.