16 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

16 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

16.05.2024

MUHIM HODISALAR

16-22 may kunlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

1MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

 

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Kunning ikkinchi yarmida Farg’ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yomg’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Qoraqolpog’iston Respublikasi , Xorazm viloyatlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 23-28° bo’ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, kunning birinchi yarmida qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-27° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi,

vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° bo‘ladi.