15 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

15 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

15.05.2024

15 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro,Navoiy viloyatlarida, kunning ikkinchi yarmida Qoraqolpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kechga tomon Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30-35°, janubda ba’zi joylarda 37-39° gacha bo’ladi. Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31-33° bo‘ladi. Respublikaning tog’ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° bo‘ladi.