14 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

14 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

14.05.2024

14 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqolpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 32-37°, ba’zi joylarda 38-39° gacha bo’ladi. Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 34-36° bo‘ladi. Respublikaning tog’ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-25° bo‘ladi.