O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 13-17 MAY KUNLARIGA
13.05.2024
OB-HAVO PROGNOZI
Ushbu haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kundan kunga ko‘tarila boshlaydi va haftaning o‘rtasiga kelib 33-36o ga yetadi, janubda va cho‘l hududlarda 38o gacha bo‘ladi.
Yertadan boshlab faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlari Kaspiy dengizi hududlaridan kirib kelgan nam havo ta’siri ostida bo‘ladi. 14-15 may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyatining shimolida ba’zi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘irlar yog‘adi.
Haftaning ikkinchi yarmida nam havo massalari sharqqa qarab tarqalardi va respublikaning ayrim joylarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati 25-30o gacha pasayadi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtimizda: 13-15 may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat 13 mayda 29-31o, 14-15 mayda 33-36o bo‘ladi.
16-17 mayda harorat 25-30o gacha pasayadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
2024 yil 13 may
O‘zgidromet