14-16 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
12.05.2024
14-16 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 15-16 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 25-30°; 15 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 28-32°;
13 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°; 16 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 14 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 33-38°; 15 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 28-33°; 16 mayda kechasi 15-20°,
kunduzi 30-35° bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 14-15 mayda 30-35°, 16 mayda 28-33° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 33-38°; 15 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 30-35°; 16 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 14 mayda 27-32°; 15-16 mayda 30-35° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 14-15 mayda 23-28o, 16 mayda 20-25° bo‘ladi.