13-15 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

13-15 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

11.05.2024

13-15 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 13 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog’iston respublikasida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
14 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 15 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 13 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°;
14 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 28-33°; 15 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 28-32° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 13 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 30-35°; 14 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 33-38°; 15 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 27-32°;
14-15 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 13 mayda 30-35°; 14-15 mayda 33-38° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 13 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 25-30°; 14 mayda kechasi 14-19°,
kunduzi 27-32°; 15 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13 mayda kechasi 7-12°, kunduzi 15-20°; 14-15 mayda kechasi 10-15o,
kunduzi 23-28° bo‘ladi.