11 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

11 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

11.05.2024

MUHIM HODISALAR
11-11 mayda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin.
11-12 mayda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
11 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, Farg’ona vodiysi viloyatlarida yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kunning ikkinchi qismida ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Respublikasi qolgan hududlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 19-24° bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, kunning ikkinchi qismida ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 19-21° bo‘ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin.
G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 8-13° bo‘ladi.