12-14 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

12-14 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

10.05.2024

12-14 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI Havo biroz bulutli bo‘ladi, 12-13 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 14 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 30-35°; 13 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°; 14 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 28-33° bo‘ladi. BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 27-32°; 13 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 30-35°; 14 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 33-38° bo‘ladi. TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12 mayda kechasi 9-14°, kunduzi 23-28°; 13 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 27-32°; 14 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi. QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12 mayda kechasi 11-16°, kunduzi 26-31°; 13 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 30-35°; 14 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 33-38° bo‘ladi. ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 12 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 22-27°; 13 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 25-30°; 14 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 27-32° bo‘ladi. RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, 12 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 13-14 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12 mayda kechasi 5-10°, kunduzi 13-18°; 13 mayda kechasi 7-12°, kunduzi 15-20°; 14 mayda kechasi 10-15o, kunduzi 20-25° bo‘ladi.