10 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
10.05.2024
MUHIM HODISALAR
10-11 mayda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin.
10-12 mayda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
10 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Farg’ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda bilan yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda
15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 19-24° bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21-23° bo‘ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 13-18° bo‘ladi.