9 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

9 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

09.05.2024

MUHIM HODISALAR 9-11 mayda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 9-12 mayda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 9 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida kechga tomon yomg’ir yog’ishi momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farg’ona vodiysi viloyatlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 24-29°, ba’zi joylarda 38° gacha bo‘ladi. Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, kechga tomon qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-31° bo‘ladi. Respublikaning tog’ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 15-20° bo‘ladi.