10-12 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
08.05.2024
10-12 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi, 11-12 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 10 mayda kechasi
9-14°, kunduzi 22-27°, 11 mayda kechasi 9-14°, kunduzi 27-32°, 12 mayda kechasi
13-18°, kunduzi 30-35°bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 10 mayda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 12 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 10 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 20-25°, 11 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28°; 12 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 10 mayda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘ladi. 11 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumikn. 12 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 19-24°; 11 mayda kechasi 11-16°, kunduzi 19-24°; 12 mayda kechasi 9-14°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 10 mayda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘ladi. 11 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumikn. 12 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 20-25°; 11 mayda kechasi 11-16°, kunduzi 22-27°; 12 mayda kechasi 11-16°, kunduzi 26-31° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 10-11 mayda yomg‘ir yog‘adi, 11 mayda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 12 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-11 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 10 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 23-28°; 11 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 20-25°; 12 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 10-11 mayda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 12 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-11 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 10 mayda kechasi va kunduzi 10-15°, 11 mayda kechasi va kunduzi 8-13°, 12 mayda kechasi 5-10o, kunduzi 12-17°bo‘ladi.