8 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
08.05.2024
MUHIM HODISALAR
8 mayda Toshkent viloyatining tog’li hududlarida (2000 m dan yo’qorida) qor ko’chis xavfi bor.
9-11 mayda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin.
8 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyatida kunning birinchi yarmida yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 30-35°, ba’zi joylarda 38° gacha bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 31-33° bo‘ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Toshkent viloyatining tog’li hududlarida (2000 m dan yo’qorida) qor ko’chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-22° bo‘ladi.