9-11 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

9-11 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

07.05.2024

9-11 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI Havo biroz bulutli bo‘ladi, 9 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 10-11 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 va 11 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 22-27°, 10 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 22-27°, 11 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° bo‘ladi. BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, 9-10 mayda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 11 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 23-28°, 10 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 20-25° 11 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi. TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, 9-10 mayda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘ladi. 11 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumikn. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 24-29°, 10 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 20-25° 11 mayda kechasi 11-16°, kunduzi 20-25° bo‘ladi. QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, 9-10 mayda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘ladi. 11 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumikn. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 23-28°, 10 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 20-25° 11 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 21-26° bo‘ladi. ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, 9 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 10-11 mayda yomg‘ir yog‘adi, 11 mayda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 28-33°, 10 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 23-28°, 11 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 20-25° bo‘ladi. RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 9 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 15-20°, 10 mayda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 10-15°, 11 mayda kechasi 5-10o, kunduzi 10-15° bo‘ladi.