7 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
07.05.2024
MUHIM HODISALAR
7-8 mayda Toshkent viloyatining tog’li hududlarida (2000 m dan yo’qorida) qor ko’chis xavfi bor.
9-11 mayda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin.
7 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 27-32° bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-30° bo‘ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Toshkent viloyatining tog’li hududlarida (2000 m dan yo’qorida) qor ko’chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18-23° bo‘ladi.