8-10 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

8-10 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

06.05.2024

8-10 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI Havo biroz bulutli bo‘ladi, 8-9 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 10 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 25-30°, 9-10 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 22-27° bo‘ladi. BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, 8-9 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 10 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 29-34°, 9 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 23-28°, 10 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 20-25° bo‘ladi. TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, 8 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 9-10 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 28-33°, 9 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 28-33°, 10 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 20-25° bo‘ladi. QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, 8 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 9-10 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 29-34°, 9 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 25-30°, 10 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 20-25° bo‘ladi. ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, 8-9 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 10 mayda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8 mayda 12-17°, 9-10 mayda 13-18°, kunduzi 8-9 mayda 27-32°, 10 mayda 23-28° bo‘ladi. RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, 8 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 9-10 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, kuchli bo‘lishi mumkin, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 8 mayda Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida (2000 m dan yuqorida) qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 8 mayda kechasi 7-12°, kunduzi 17-22°, 9 mayda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 15-20°, 10 mayda kechasi 7-12o, kunduzi 10-15° bo‘ladi.