5 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
05.05.2024
MUHIM HODISALAR
5 mayda Respublika bo’yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to’zonlar bilan kuzatiladi
5-6 mayda tog’ oldi va tog’li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
5-8 mayda Toshkent viloyatining tog’li hududlarida (2000 m dan yo’qorida) qor ko’chis xavfi bor.
5 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Qoraqalpog’iston Respublikasida,
Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 20-25° bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-24° bo‘ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin, baland tog’li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Toshkent viloyatining tog’li hududlarida (2000 m dan yo’qorida) qor ko’chish xavfi bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 7-12° bo‘ladi.