6-8 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

6-8 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

04.05.2024

6-8 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI Havo biroz bulutli bo‘ladi, 6 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 7-8 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6 mayda 12-17°, 7-8 mayda 14-19°, kunduzi 6-7 mayda 25-30°, 8 mayda 23-28° bo‘ladi. BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, 6 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 7-8 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. 6 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 25-30°; 7-8 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 29-34° bo‘ladi. TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 6 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28°; 7 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 25-30°; 8 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 28-33° bo‘ladi. QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 6 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 26-31°; 7 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 29-34°; 8 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 29-34° bo‘ladi. ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, 6 mayda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 7-8 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 6 mayda 22-27°; 7-8 mayda 25-30° bo‘ladi. RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, 6 mayda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. 7-8 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida (2000 m dan yuqorida) qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 6 mayda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 11-16°; 7 mayda kechasi 5-10o, kunduzi 10-15°; 8 mayda kechasi 5-10°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.