4 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

4 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

04.05.2024

MUHIM HODISALAR 4-5 mayda Respublika bo’yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to’zonlar bilan kuzatiladi 4-6 mayda tog’ oldi va tog’li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin 4-8 mayda Toshkent viloyatining tog’li hududlarida (2000 m dan yo’qorida) qor ko’chis xavfi bor. 4 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Farg’ona vodiysi viloyatlarida ertalab ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ertalab va kechga tomon bazi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Qoraqalpog’iston Respublikasida, Xorazm viloyatida kechga tomon bazi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgatirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 20-25° bo‘ladi. Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, ertalab va kechga tomon bazi joylarda yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgatirib, g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-25° bo‘ladi. Respublikaning tog’ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin, baland tog’li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Toshkent viloyatining tog’li hududlarida (2000 m dan yo’qorida) qor ko’chish xavfi bor. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 9-14° bo‘ladi.