3 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

3 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

03.05.2024

MUHIM HODISALAR 3-5 mayda Respublika bo’yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to’zonlar bilan kuzatiladi 3-6 mayda tog’ oldi va tog’li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin 3-8 mayda Toshkent viloyatining tog’li hududlarida (2000 m dan yo’qorida) qor ko’chis xavfi bor. 3 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryoviloyatlarida,kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida bazi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin.Qolgan hududlarda yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 24-29° bo‘ladi. Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-25° bo‘ladi. Respublikaning tog’ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin, baland tog’li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Toshkent viloyatining tog’li hududlarida (2000 m dan yo’qorida) qor ko’chish xavfi bor. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 13-18° bo‘ladi.