30 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
30.04.2024
MUHIM HODISALAR
30 aprelda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida (2000 m dan yo‘qorida) qor ko‘chishi xavfi bor.
30 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg’ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-25° bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-24° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, baland tog’larda qorga aylanishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida (2000 m dan yo‘qorida) qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-12° bo‘ladi.