O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 29-30 APREL VA 1-3 MAY KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 29-30 APREL VA 1-3 MAY KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

29.04.2024

Boshlangan ish haftasi davomida O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ertaga - 30 aprel kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 

O‘tgan dam olish kunlari havo biroz salqinlashganidan so‘ng, harorat foni ko‘tarila boshlaydi va hafta o‘rtasidan kunduz kunlari 24-29o gacha, ba’zi joylarda 31o gacha isiydi. Kechalari harorat 10-15o gacha ko‘tariladi.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Respublikaningtog‘li hududlarida 29-30 aprel kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

 

Poytaxtimizda: 29 apreldan 3 maygacha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtachagacha bo‘lgan tezlikda esadi. Bugun va ertaga harorat 21-24o atrofida bo‘ladi, 1-3 may kunlari 25-29o gacha ko‘tariladi. Harorat kechalari 12-15o gacha ko‘tariladi.