28 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
28.04.2024
MUHIM HODISALAR
28 aprelda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
28-30 aprelda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida (2000 m dan yo‘qorida) qor ko‘chishi xavfi bor.
28 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi,
ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 18-23° bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 18-20° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Toshkent va Namangan
viloyatlarining 2000 m dan yo‘qorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° bo‘ladi.