27 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

27 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

27.04.2024

MUHIM HODISALAR 27-28 aprelda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 27-30 aprelda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida (2000 m dan yo‘qorida) qor ko‘chishi xavfi bor. 27 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondar viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Toshkent viloyatida va Farg’ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 20-25° bo‘ladi. Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21-23° bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining 2000 m dan yo‘qorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° bo‘ladi.