27-29 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
25.04.2024
27-29 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 27 aprelda 13-18°, 28-29 aprelda 10-15°, kunduzi 27 aprelda 22-27°, 28 aprelda 20-25°, 29 aprelda 24-29° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27-28 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 27 aprelda 12-17°, 28-29 aprelda 10-15°, kunduzi 27 va 29 aprelda 22-27°, 28 aprelda 20-25° bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida 27 aprelda aprelda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
27-28 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 27 aprelda 12-17°, 28-29 aprelda 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27-28 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 27 aprelda kechasi 13-18°, kunduzi 22-27°, 28-29 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 27 aprelda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 28-29 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27-28 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi
27 aprelda 12-17°, 28-29 aprelda 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 27 aprelda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 28-29 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chishi xavfi (2000 m dan yuqorida) bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 27 aprelda 5-10°, 28-29 aprelda 3-8° iliq, kunduzi 9-14° bo‘ladi.