25 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
25.04.2024
MUHIM HODISALAR
26-28 aprelda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
25-30 aprelda respublikaning tog‘li hududlarida (2000 m dan yo‘qorida) qor ko‘chishi xavfi bor.
25 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, kunning ikkinchi yarmida Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, ertalab Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 22-27° bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 24-26° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi (2000 m dan yo‘qorida) bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-18° bo‘ladi.