24 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

24 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

24.04.2024

MUHIM HODISALAR 25-28 aprelda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 24-30 aprelda respublikaning tog‘li hududlarida (2000 m dan yo‘qorida) qor ko‘chishi xavfi bor. 24 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida va Farg’ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho’l hududlarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 25-30°, ba’zi joylarda 32-34° gacha bo’ladi. Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-30° bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi (2000 m dan yo‘qorida) bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-20° bo‘ladi.