20 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

20 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

20.04.2024

MUHIM HODISALAR 20-23 aprelda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 20-22 aprelda respublikaning tog‘li hududlarida (2000 m dan yo‘qorida) qor ko‘chishi xavfi bor. 20 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Samarqand, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, respublikaning shimolida va cho’l hududlarida 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarida chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 24-29°, shimolda va cho’l hududlarda 31-32° gacha bo’ladi. Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-29° bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-18° bo‘ladi.