O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 19-21 MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
19.04.2024
19-20 aprel kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Yakshanba kuni – 21 aprelda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Odatda bahorning o‘rtalarida kuzatilgani kabi, 19-21 aprel kunlari yog‘adigan yomg‘ir mahalliy xususiyatga ega bo‘ladi va asosan kunning ikkinchi yarmida kuzatiladi. Bunda harorat foni o‘zgarmaydi va havo harorati
22-27o atrofida, ba’zi joylarda 29o gacha bo‘ladi.
Janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi.
Tog‘larda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Harorat foninig ko‘tarilishi hisobiga baland tog‘larda qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
Poytaxtimizda: bugun va ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi,
yakshanba kuni kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumikn.
Harorat 19-21 aprelda kechalari 12-15o, kunduz kunlari 25-27o bo‘ladi.