19 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

19 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

19.04.2024

MUHIM HODISALAR 19-22 aprelda respublikaning tog‘li hududlarida (2000 m dan yo‘qorida) qor ko‘chishi xavfi bor. 19 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Samarqand, Jizzax viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, respublikaning ayrim joylarida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27°, shimolda va cho’l hududlarda 30-31° gacha bo’ladi. Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-27° bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi (2000 m dan yo‘qorida) bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-18° bo‘ladi.