16 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
16.04.2024
MUHIM HODISALAR
16-17 aprelda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
16-22 aprelda respublikaning tog‘li hududlarida (2000 m dan yo‘qorida) qor ko‘chishi xavfi bor.
16 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, respublikaning ayrim joylarida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-22° bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan biroz yomg’ir yog’adi, Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-19° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tog‘li hududlarda (2000 m dan yo‘qorida) qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-12° iliq bo‘ladi.