O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 15-19 APREL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 15-19 APREL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

15.04.2024

Bugun kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Markaziy viloyatlarda va respublika janubida ayrim joylarda yomg‘irlar kuchli bo‘ladi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir kechga tomon boshlanadi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati 15-20 daraja atrofida bo‘ladi. 16 aprel kuni Farg‘ona vodiysida, kechasi va ertalab esa Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 17-19 aprel kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va ish haftasining oxiriga kelib 25-28 daraja ga, shimolda va janubda 29-31daraja ga yetadi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 15-16 aprel kunlari yomg‘ir yog‘adi, 15 aprelda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘larda qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi. Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Poytaxtimizda: 15 aprelda kunduzi vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 16 aprelda kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘adi. Harorat asosan kunduz kunlari 15-20 daraja bo‘ladi. 17-19 aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduz kunlari harorat 23-27 daraja gacha asta-sekin ko‘tariladi. Harorat asosan kechalari 7-12 daraja bo‘ladi.