16 APREL OB-HAVO PROGNOZI 15 aprel soat 20 dan 16 aprel soat 20 gacha

16 APREL OB-HAVO PROGNOZI 15 aprel soat 20 dan 16 aprel soat 20 gacha

15.04.2024

MUHIM HODISALAR 15 aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 15 aprelda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 15 aprel kunlari respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. 16 APREL OB-HAVO PROGNOZI 15 aprel soat 20 dan 16 aprel soat 20 gacha TOSHKENT SHAHRI Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-12°, kunduzi 19-21° bo‘ladi. QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 23-28° bo‘ladi. BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 20-25° bo‘ladi. TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 17-22° bo‘ladi. QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 20-25° bo‘ladi. ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tnzlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 15-20° bo‘ladi. RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 7-12° bo‘ladi.