15 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
15.04.2024
15 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin.Farg’ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Qoraqolpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog’ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, respublikaning ayrim joylarida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-17° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo’ladi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-12° iliq bo‘ladi.