16-18 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
14.04.2024
16-18 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 16-17 aprelda 9-14°, 18 aprelda 11-16°, kunduzi 16 aprelda 23-28°, 17-18 aprelda 25-30° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 16-17 aprelda 6-11°, 18 aprelda 10-15°, kunduzi 16 aprelda 20-25°, 17-18 aprelda 24-29° bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 aparelda kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 17-18 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16 aprelda kechasi 8-13°,
kunduzi 17-22°; 17 aprelda kechasi 6-11°, kunduzi 20-25°; 18 aprelda kechasi 8-13°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 16-17 aprelda 6-11°, 18 aprelda 10-15°, kunduzi 16 aprelda 20-25°; 17 aprelda 23-28°, 18 aprelda 25-30° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 aparelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 17-18 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 16 aprelda kechasi 8-13°, kunduzi 15-20°; 17 aprelda kechasi 6-11°, kunduzi 18-23°; 18 aprelda kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 17-18 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 16 aprelda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 7-12°; 17-18 aprelda kechasi 7-12° gacha, kunduzi 13-18° gacha ko’tariladi.